«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Bilimdonlar bellashuvi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Amir Temur saroyida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda 26 nafar yosh harbiy xizmatchilar “Amir Temurning harbiy saboqlari” hamda “Amir Temur o‘gitlari bilimdoni” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 01404-sonli harbiy qism kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisi Javohirbek Turapov 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. 08579-sonli harbiy qism harbiy xizmatchisi leytenant Saydullo Yusupov 2-o‘rinni, viloyat bojxona boshqarmasi harbiy xizmatchisi leytenant Ma’mur Jumayev 3-o‘rinni egalladi.

Comments are closed.