«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Tibbiy nazorat kuchaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat sanitariya nazorat samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Respublikada sanitariya-epidemiologiya faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlar hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar ijrosi ahvolini ta’minlash bo‘yicha Chiroqchi tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi bo‘lim va bo‘linmalarida ish rejalari ishlab chiqilgan va ijrosi ta’minlanmoqda.
Tuman hududi 19 ta massivga ajratilgan bo‘lib, 81 ta mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlari mavjud. Markaz mutaxassis xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida “Parazitar kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi” mavzusida profilaktik tushuntiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yil boshidan o‘quv yili yakunlanganiga qadar 7 ta maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari gijja kasalligiga qarshi tekshirildi va sanitariya tushuntirish ishlari tashkillashtirildi. Tekshirishlar jarayonida kasallik aniqlangan o‘quvchi bolalarga davolash choralari ko‘rildi. Xuddi shunday maktabgacha ta’lim maskanlari tarbiyalanuvchilari ham maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
O‘tgan 8 oy mobaynida tumanda salmonellez, diareya, brutsellez, gipatet, yuqori nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar aniqlandi. Ularni o‘z vaqtida muolajaga jalb etish choralari ko‘rildi.
Tumandagi oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari, umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarida ham markaz mutaxassislari tomonidan profilaktik tekshiruvlar o‘tkazib boriladi. Tumandagi ishlab chiqarish va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida reja asosida sanitariya nazorati tekshiruv o‘tkazilib, talabga javob bermaydigan namunalar qayd etilmagan.
Bu profilaktik ishlardan tashqari tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘yxona, oshxona va oziq-ovqat do‘konlarida ishlayotgan fuqarolar gigiena, sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘yicha o‘qitildi.

Adhamjon Mavlonov
maxsus-muxbir

Comments are closed.