«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

SIFATLI MAHSULOTNI QANDAY TANLAYSIZ?

Biz har birimiz hayotimiz davomida o’z shaxsiy ehtiyojlarimizdan kelib chiqib mahsulot xarid qilamiz, savdo xizmatlaridan foydalanamiz. Bozor yoki do’konlardan sifatli mahsulot xarid qilishni istaymiz. Afsuski, ba’zan xaridimiz natijasida turli xil ko’ngilsizliklarga duch kelamiz.

Nuqsonli, sifatsiz, yaroqsiz tovar va xizmatlardan foydalanib, o’z sog’lig’imizni tahdidga qo’yamiz, unga jiddiy zarar yetkazamiz, yoxud moddiy va ma’naviy zarar ko’ramiz.

Mana shunday ko’ngilsiz holatlarga tushib qolmaslik uchun iste’molchi yoxud xaridor sifatida nimalarga e’tibor qaratmog’imiz lozim?

Bunda, avvalo, o’z haq-huquqlarimizni yaxshi bilishimiz, iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi qonun hujjatlari bilan yaxshi tanish bo’lishimiz foydadan holi emas.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda ushbu sohaga ham jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi qator qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. 1996 yil 26 aprelda O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinganligi bu sohada qo’yilgan asosiy qadam bo’ldi.

Qonunning 1-moddasiga asosan, “iste’molchi” tushunchasida tovar, ish yoki xizmatdan shaxsiy iste’mol yoki boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan holda foydalanuvchi shaxs (jismoniy shaxs) iste’molchi sifatida e’tirof etilishi belgilangan. Shunday ekan, siz bilan biz xoh uyda bo’laylik, xoh ko’chada iste’molchi hisoblanamiz. Kommunal xizmatlardan, transport xizmatlaridan foydalanamiz, bozordan u yoki bu narsa xarid qilamiz. Ammo qanday huquqlarga ega ekanligimizni hammamiz ham bilavermaymiz. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunda talablarni buzganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarliklarning belgilanganligi ham, bevosita, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan

Comments are closed.