«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Sayyohlar xarid qilgan tovarlariga to‘langan QQS qaytarilishi mumkin?

Davlat soliq qo‘mitasi katta inspektori Akmal Nazarovning ma’lum qilishicha, chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o‘tishida xarid qilgan tovarlar uchun to‘lagan QQSni qaytarish (“tax free” tizimi) tartibini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.Jahon tajribasida “tax free” tizimi savdo va turizmni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 136 ta davlatida “tax free” tizimi joriy etilgan.O‘zbekistonga joriy yilning o‘tgan davrida 3 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 800 mingtaga oshgan. Demak, mazkur tizimning yaratilishi kelayotgan sayyohlar soni va ular amalga oshiradigan sarf-xarajatlarning yanada ko‘payishiga xizmat qiladi.O‘zingiz o‘ylab ko‘ring bir necha kun sayohat qildingiz, esdaliklar, sovg‘a salomlar yoki boshqa bir buyumlarni sotib oldingiz qaytishingizda esa qo‘lingizga ma’lum bir miqdorda pul qaytarib berishmoqda. Albatta, bu sizni ushbu mamlakatga yana qaytib kelishga undaydi.

Comments are closed.