«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qashqadaryoda tuman hokimligi matbuot xizmati rahbariga ilk avtomobil “Ravon” topshirildi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov tuman hokimligining matbuot xizmati rahbari uchun “Ravon” xizmat avtomobilini ajratdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga matbuot xizmati rahbari Fayzulla Eshqulov xabar beryapti.

Fayzulla Eshqulovning aytishicha, matbuot xizmati uchun xizmat avtomobilidan tashqari mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 100 million so‘m mablag‘ ajratilib, tuman matbuot xizmatining moddiy texnik bazasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning ma’lumot berishicha, ayni kunga qadar viloyatdagi 15 ta tuman va shahar hokimliklarining barchasida matbuot xizmati rahbarlari tayinlangan va xizmat faoliyati boshlab yuborilgan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Koson tumani hokimligi ham matbuot xizmati faoliyatini rivojlantirish uchun 75 million so‘mlik kompьyuter, fotoapparat va kerakli apparaturalar xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning joriy yil 27-iyun kuni qabul qilingan matbuot xizmatlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorining ahamiyati, ayniqsa, jahonda kechayotgan axborot qarama-qarshiligi sharoitida ularning birinchi manba sifatidagi roli, davlat axborot siyosatini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish muhim vazifa hisoblanadi.

Comments are closed.