«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O’zligimizga bir nazar

Tarixsiz kelajak yo’q. Albatta, bu ta’rif bejiz emas. Zero, o’z tarixini anglagan jamiyat kelajagining poydevorini mustahkam qura oladi. Shu ma’noda, Kasbi tumani hududida joylashgan Imom Muhammad Said Islom ziyoratgohiga qilgan ziyoratimizda bu go’sha qanchalik ulug’ zotlarga beshik bo’lgani, bu tuproq ne ne daholarni ulg’aytirganiga yana bir bor amin bo’ldim. Naqadar buyuk insonlarning avlodi ekanligim yuragimdagi faxr hissini yana bir karra oshirgan bo’lsa, ziyoratgoh hovlisidagi bir nechta jihatlar e’tiborimni ham  tortdi:

  • Ziyoratgohga kiraverishda ko’zga tashlanadigan, hadisi shariflardan namunalar keltirilgan bannerlarning balandligi juda past va tik o’rnatilganligi bois o’qish uchun noqulay;
  • “Hadis” so’zi muqaddas so’z ekanligini inobatga olsak, yuqoriroq holatda o’rnatilganligi ma’qulroqmidi?!
  • Ziyoratgoh hovlisi ham obodonlashtirish ishlariga muhtoj.

Mutassaddi tashkilotlardan ozgina e’tiborliroq bo’lishlarini so’rab qolamiz.

Comments are closed.