«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazidan xabar berishlaricha, 18 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 20:46 O‘zbekistonda er silkinishi qayd etilgan.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 314 kilometr janubi-g‘arbda 30 kilometr chuqurlikda joylashgan, magnitudasi 4,2 ga etgan.

Erosti silkinishlari O‘zbekistonning faqat uchta hududida sezilgan.

▪️Jizzax (zilzila markazidan 144 km uzoqlikda) — 2 ball;
▪️Samarqand (zilzila markazidan 79 km uzoqlikda) — 2 ball;
▪️Qarshi (zilzila markazidan 114 km uzoqlikda) — 2 ball.

Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Comments are closed.