«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Mustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi

2018 yil dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “2019 — yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi.
Hujjatga ko‘ra, haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar 31 avgustdan 3 sentyabrgacha (4 kun), 6 kunlik ishda mashg‘ul bo‘lganlar esa 1-3 sentyabrь kunlari (3 kun) dam olishadi.

Dam olish kunlari quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

  • 31 avgust (shanba) – kalendar bo‘yicha dam olish kuni;
  • 1 sentyabr (yakshanba) – ishlanmaydigan bayram kuni;
  • 2 sentyabr (dushanba) – qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
  • 3 sentyabr (seshanba) — 7 sentyabr, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Farmonda aytilishicha, qo‘shimcha ishlanmaydigan kun (2 sentyabr) ishchilarning har yilgi mehnat ta’tillari davomiyligining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga kompensatsiyalanadi.

Comments are closed.