«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kasbida obodonlashtirish ishlari avjida

Kasbi tuman hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasida 152 nafar ishchi xodim mehnat qilib kelmoqda. Boshqarmada 13 ta texnikalar (Damas, Lasetti, Supersalon, 6 dona tenglong matatsikil, 3 dona ISUZI suv tashish mashinasi) xizmatidan foydalanib kelinmoqda.
2019 yilning o‘tgan davr mobaynida tuman markazida tuman hokimligi atroflarida 20000 tupdan ziyod mavstsumiy va yillik gul ko‘chatlari ekildi. Tuman markazidagi ikki tomonlama piyodalar yo‘lakchalari atroflarida mitti tuman hududida 3000 donadan ziyod majavennik, sasna va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Daraxtlarga shakl berilib, tagi ag‘darilib, mavsumiy gullar ekildi. Yo‘l atrofidagi barderlar ta’mirlanib oqlandi. Suv yo‘laklari chiqindilardan tozalandi. Tuman hududida kirish yo‘nalishlariga 5000 tup gul ko‘chatlari va har xil turdagi 10000 dan ziyod daraxt ko‘chatlari ekildi.

Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida tuman mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan Sulton Mirhaydar ota qabristoniga boradigan ikki tomonlama yo‘l o‘rtasiga 25 dona zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.
Er osti zax suvlari bo‘limi balansida 15 tik drenaj quduqlari mavjud bo‘lib, ular ta’mirlandi va soz holga keltirildi.
Obodonlashtirish boshqarmasi qarovsiz qolgan hayvonlar yo‘qotish bo‘limi tomonidan 2019 yilgi ish rejasiga asosan tuman mahallalarida qutirish kasalligiga qarshi kurash tadbirlari uyushtirilib, 500 dan ziyod qarovsiz qolgan hayvonlar yo‘qotildi va aholiga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi balansida 28 ta qabriston mavjud bo‘lib, 48 shtat birligi ajratilgan. Ushbu qabristonlarda har xil turdagi manzarali daraxt ko‘chatlari va mavsumiy ko‘p yillik gul ko‘chatlari ekildi. Barcha qabristonlarda aholi bilan birgalikda hasharlar uyushtirilib, chiqindilardan tozalanib, daraxtlarga shakl berildi, qabriston devorlari oqlandi. Qabristonlarga tushgan hayri ehson mablag‘lar hisobidan ish qurollari satil, lopatka, supurgi, har xil yovvoyi o‘tlardan tozalaydigan o‘t o‘rgichlar olib berildi. Talliyulg‘un qabristonida atrofini o‘rash ishlari uchun 2000 dan ziyod blok g‘isht, Shakarjo‘y qishlog‘idagi Mirdevona qabristoniga 1600 blok blok g‘isht olib berildi va terildi.

Barcha qabristonlarda Qurbon hayiti bayrami oldi ham mahalla faollari bilan birgalikda hashar ishlari uyushqoqlik bilan olib borildi. Xo‘jai Hayron qabristonida homiylik yo‘li bilan zamonaviy qorovulxona qilindi. Elabod qabristonida homiylik yo‘li bilan 120 metr, O‘n qishloq qabristonida homiylik yo‘li bilan 600 metr to‘siq devor uchun fundament qo‘yildi, Uyrot qabristonida bir dona kirish darvozasi homiylik yo‘li bilan ko‘rildi.

Bu kabi ishlarni to‘g‘ri olib borishda Kasbi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Muhammadjon Gulmurodovning sayi-harakatlari, tinib-tinchimasligi, mehnatsevarligi beqiyosdir.

Adhamjon Mavlonov
maxsus muxbir

Comments are closed.