«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonda dollar kursi nega tez ko‘tarilmoqda?

Iyul va avgust oylarida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan almashuv kursi oshish sur’atining tezlashishi kuzatilmoqda.

Markaziy bank axborotiga ko‘ra, bunga bir qator tashqi va ichki omillar sabab bo‘lmoqda.

Tashqi omillar. Joriy yilning iyul oyidan boshlab O‘zbekistonning asosiy savdo hamkor davlatlari (Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy) milliy valyutalari almashuv kursining qadrsizlanish tendentsiyasi kuzatilmoqda va bu, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi bo‘yicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ichki omillar, asosan, import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning o‘sib borishi bilan bog‘liq.

Ichki valyuta bozorida talab va taklif hajmlari ma’lum bir darajada barqaror shakllangan davrda, Markaziy bankning interventsiyalari ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinni sotib olish natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish bilan birgalikda, valyuta kursini qisqa muddatli tebranishlarini pasaytiruvchi instrument sifatida qo‘llanib kelinadi.

Shuningdek, ichki valyuta bozorida yuzaga kelgan joriy holatni inobatga olib, Markaziy bank interventsiyalarni amalga oshirishda valyuta kursi kunlik tebranishining kengaytirilgan koridorini qo‘llash mexanizmiga o‘tmoqda.

Markaziy bank almashuv kursining valyuta bozorida yuzaga kelgan joriy holatga qisqa muddatli kurs tebranishlarning davom etishi xamda keyinchalik fundamental trendiga qaytishi hisobiga katta bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan moslashib olishi mumkinligini bildiradi.

Ayni damda Xalq Bankining web saytida 18-avgust xolatida sotuvda 1 AQSH dollari 9070.00 so’m ni tashkil etmoqda.

Comments are closed.