«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Fuqaroga deputat aralashuvi bilan uy qurib berildi

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan xalq deputatlari Qarshi shahar kengashiga 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputat Laziz Rasulov shahardagi Samarqand mahallasida “Deputat bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida aholi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammolar tinglandi va aksariyati deputat aralashuvida joyida hal etildi.
Jumladan, ushbu hududda istiqomat qiluvchi N. Jumaev uy qurib yashashi uchun er uchastkasiga muhtojligini aytib murojaat qilgan. Deputat fuqaroni ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan bu muammoni tegishli mas’ullar yordamida bartaraf etishga erishdi. Ya’ni, uy qurib yashashi uchun 0,2 sotix er maydoni ajratildi. Xonadon a’zolari bundan judayam quvonishdi.

Yana bir fuqaro, Samarqand mahallasi Chiroqchi ko‘chasi 7-uyda yashovchi Sh.Nadjimova anchadan beri tadbirkorlik qilishni maqsad qilgan. Biroq qaysi tijorat bankiga borib kredit olishni bilmaydi. L.Rasulov bu fuqaroning ham mushkulini oson qildi va tijorat bankidan iste’mol krediti olishida yordam berdi. Suhbat chog‘ida Sh.Nadjimovaning bolalikdan nogiron farzandiga dori-darmon zarurligi ham aniqlandi. Saxovatpesha deputat ushbu oila farzandiga zarur dori-darmonlar bilan birga ro‘zg‘or uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlari olib berdi.

Comments are closed.