«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Amir Temur liboslari qayta tiklanadimi?

Qarshi  shahridagi O’lkashunoslik muzeyida O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik  partiyasi va O’zbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi hamkorligida “Milliy hunarmandchilik millat faxri” mavzusida hunarmandlar bilan ochiq muloqot o’tkazildi. Unda so’z olganlar yurtimizda turizm sohasini rivojlantirishga oid islohotlar , hunarmandlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil  ma’lumotlar berib o’tishdi. Bundan tashqari uchrashuv mobaynida qiziqarli debat o’tkazilib, hunarmandlar, partiya faollari va yoshlar vakillari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda taklif va mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Shahrisabz shahar Hunarmandlar uyushmasi a’zosi, hunarmandchilik bo’yicha oliy toifali mutaxassis Shohruh Temirov  izlanishlari davomida Amir Temurning haqiqiy ,tarixiy  liboslari ko’rinishini yaratdi. U shu soha bo’yicha galeriya yaratish rejasini ilgari surdi. Bundan tashqari atlas nusxa, qalampir nusxa va beqasam nusxalarimizni brend darajasiga ko’tarish, ularni sport formalari, maktab formalari va barcha sohalarning maxsus kiyimlariga tikish taklifini bergan bo’lsa, “Milliy tiklanish”demokratik prtiyasi a’zosi Flora Choriyeva turistlarni viloyatimizga jalb etishda OAV rolini oshirish, gastronomik turizmni rivojlanishtirishga oid takliflarini bildirib o’tdi.

Comments are closed.