«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Tramp prezidentlik lavozimi tufayli 5 milliard dollargacha pul yo‘qotganini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida joylashgan Shell neft-kimyo kompaniyasi xodimlari oldida so‘zga chiqqanda prezidentlik lavozimini egallab kelgan vaqtda 5 milliard dollargacha mablag‘ yo‘qotganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Ehtimol bu (AQSh prezidenti bo‘lish) menga 3 milliard dollardan 5 milliard dollargacha tushgan bo‘lishi mumkin. Menga baribir, farqi yo‘q. Bilasizmi, boy bo‘lsangiz buning ahamiyati bo‘lmaydi. Men shunchaki zo‘r ishlamoqchiman”, — degan Tramp.

Uning aytishicha, bunday yo‘qotishlar tadbirkorlik faoliyatidan voz kechgani va unga qarshi da’volar sababli “kundalik” qo‘zg‘atiladigan sud jarayonlari sababli muntazam ravishda advokatlarga pul sarflashga majbur bo‘lishi bilan bog‘liq. “Prezidentlik lavozimi menga juda katta pulga tushgan”, — deb ta’kidlagan u.

Shunga qaramay, Tramp prezidentlik lavozimiga qayta saylanish niyatida ekanligini qo‘shimcha qilgan.

NBC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp soliq deklaratsiyasini e’lon qilmagani sababli, u e’lon qilgan raqamlarni tekshirishning iloji yo‘q. Tramp bu deklaratsiyani prezidentik lavozimidan ketishdan avval ma’lum qilishga va’da bergandi. Shuningdek, Tramp avvalroq o‘z boyligini yolg‘ondan oshirib ko‘rsatganligi fosh qilingan.

Comments are closed.