«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“Qarshi”, “Nukus” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimini joriy etish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab xalqaro huquq normalariga muvofiq “Qarshi”, “Nukus” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida “beshinchi havo erkinligi”ni qo‘llagan holda, shuningdek, “Buxoro” xalqaro aeroportida “beshinchi havo erkinligi”ni xorijiy davlatlar fuqarolarini tashishda qo‘llagan holda “Ochiq osmon” rejimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. Shu bilan birgalikda 2020 yil 1-yanvardan boshlab turizm faoliyati sub’ektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSh dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 50 AQSh dollari miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplab beriladigan bo’ldi. Xorijiy kinokompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida audiovizual mahsulotlar (kino, tele va videofilьm, klip, mulьtfilьm, animelar) yaratishdagi xarajatlarining bir qismi (“rebate”) O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan xarajatlarning 20 foizigacha, lekin bitta mahsulot uchun 300 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari to‘g‘risidagi to‘liq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filьmlarni suratga olish uchun loyiha qiymatining 30 foizi, lekin 3 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) chet el taomlariga yoki alohida yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan mavzuli ovqatlanish shoxobchalarini, shuningdek, “karaoke” zallari va turistik qo‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir loyiha uchun 10 million so‘m miqdorida qoplanadi. 2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha moddiy madaniy meros ob’ektlari hududlariga 5 tonnadan yuqori vaznga ega katta hajmli avtotransport vositalarining kirishiga cheklov qo‘yiladi hamdaYuNESKO Umumjahon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilgan madaniy meros ob’ektlari va davlat muhofazasiga olingan tarixiy yoki madaniy yodgorliklar hududida faqat mamlakatimizda ishlab chiqarilgan suvenir mahsulotlari sotiladi.

Comments are closed.