«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Luqma!!! Мухбир кеча қабул қилинмади!

Hech kimga sir emaski sanoqli kunlardan so‘ng jonajon yurtimiz mustaqilligiga erishilganligiga 28 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan biz joylarda bayramoldi tabrik ko‘rsatuvlarini tayyorlash uchun maxsus aloqa xati tayyorladik va joylarda bo‘ldik.
Xalqimizda guruch ko‘rmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek – bizning ushbu aloqa xatimizni nazariga ilmay xatti-harakat qilayotgan rahbar-korchalonlar ham ming afsuski uchrayaptiki, bu holat xizmat faoliyatimizni to‘laqonli darajada bajarishimizga halaqit qilishi tabiiy.
Yaxshisi aniq dalil keltirsam. Chunki zamon talabi, eng asosiysi muhtaram Prezidentimiz sizu bizning oldimizga qo‘yadigan talab qat’iy.
Qashqadaryo viloyat kasb-hunar kollejlari boshqarmasi boshlig‘i Kamol Yaxshiboev qabuliga borib, huddi shu sansolarlikka duch keldim.
Avvalboshda devonxonada Dilya opa rahbar yo‘q, o‘rinbosarining huzuriga boring, deb jo‘natdi.

Boshliq o‘rinbosari – Umid Rahimovga uchrab, aloqa xatini qo‘liga berib tashrifim maqsad muddaosini bildirdim.
Umid Rahimov esa – men xatni boshliqqa ko‘rsatib chiqay deb Kamol Yangiboevning xonasiga kirib chiqdi va boshliq hozir siz bilan muloqot qilmaydi xatingizni devonxonaga tashlab keting, deb taklif berdi. Mening – nega meni – ya’ni huzuriga xizmat safariga kelgan muxbirni qabul qilmaydi, degan o‘rinli savolimga noaniq, o‘rinsiz javob qaytardi. Sal bo‘lmasa meni “kuzatib” qo‘yishiga oz qoldi.
Men “barbod bo‘lgan” xizmat safaridan qaytar ekanman, o‘ylab qoldim. – Kamol Yangiboev aslida kim va u kishi qaysi lavozimda ishlayapti. Viloyat hokimi mavqeidan ham ustunmi?! Unda yana bir savol: qaysi lavozimda?! Shu savol bizni o‘ylantirayapti? Axir birinchi rahbar ham, fuqaro oldiga ro‘baru chiqqanda nega bu janob ulardan qochmoqda?!

Sohibjamol Aminova

Comments are closed.