«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

BMT sayyoramiz aholisi qarib borayotganini ma’lum qildi

Hozirgi kunga kelib, tarixda ikl marotaba sayyoramizdagi qariyalar bolalar sonidan ortib ketgan.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, insoniyat tarixida ilk marotaba Er yuzida 65 yoshdan oshgan odamlar soni ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Hozirgi kunda o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi sezilarli darajada oshdi. Biroq dunyoning aksariyat davlatlarida farzand ko‘rish kamayib ketdi. Bugungi kunda sayyoramizda 705 million nafar qariyalar mavjud. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni esa 680 millionni tashkil etmoqda. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining uzayishi insoniyatning katta yutug‘i, biroq olimlarning ta’kidlashicha, qariyalar sonining ortib borishi qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Mutaxassislarning fikricha, sayyoramiz aholisi qarishda davom etadi. 2050 yilga kelib, 65 yosh va undan katta bo‘lgan aholi sonining ulushi deyarli 16 foizga ortadi. Bu esa 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonidan ikki marotaba ortiq deganidir. Demograflarning ta’kidlashicha, 1960 yilda bir ayolga o‘rtacha 5 nafar bola to‘g‘ri kelgan. Bugun oradan 60 yil o‘tib, esa bu ko‘rsatkich 2,5 nafar bolaga tushib ketgan. 1960 yilda odamlar o‘rtacha 52 yil umr ko‘rishgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib esa o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 72 yoshga qadar ko‘tarilgan. Yosh o‘tgan sari odamlar yanda ko‘proq resurslarga ehtiyoj sezishadi, bu esa o‘z navbatida sog‘liqni saqlash va pensiya tizimiga bo‘lgan bosimni kuchaytiradi. Tug‘ilishning kamayib ketishi sayyoramiz aholisining qarishida asosiy omil sifatida e’tirof etilmoqda.

Comments are closed.