Mehnatning qadri shunchalikmi?

Shahrimizda mehnat qilayotgan insonlar juda ko’p, ularning ishlariga tasanno aytmaslikning iloji yo’q. Ular issiqni issiq, sovuqni sovuq demasdan o’z ishlarini bajarishdan charchashmaydi. Bu borada Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlarining o’rni alohida, lekin ularga qanday sharoitlar yaratilgan?
ijtimoiy muhofazasi qay darajada? Qarshi shahar Geolog MFY da o’z ishlarini bajarayotgan ishchilar tushlik vaqtini ko’chada, yerda va hech qanday sharoitlarsiz tushlik qilib, hordiq olayotganliklariga guvoh bo’ldik.

Xo’sh, Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi rahbar xodimlari o’z ishchi xizmatchilariga hordiq olishlari uchun sharoit yaratib bera olmaydimi? Yoki ishchilar shunchaki soya-salqinda dam olib ketaveradimi?

 

Adhamjon MAVLONOV www.teleradio.uz

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan