Surxondaryoda nasha yetishtirayotgan murabbiy qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Qora dori-2019“ tadbirlarida giyohvand modda parvarishlashni kasb qilib olmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinib, qonuniy chora ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Boysun tumanida o‘tkazilgan tadbirda “Munchoq” mahallasida yashaydigan vaqtincha ishsiz Quldov Rizayev (ism-shariflar o‘zgartirildi)ning tomorqasida parvarishlanayotgan 20 tup nasha o‘simligi hujjatlashtirib olindi.

Sariosiyo tumanidagi tadbirda Changloq qishlog‘ida yashovchi Valiqul Safoyev tomorqasida yetishtirayotgan 12 tup nasha o‘simligi bilan qo‘lga tushib qoldi.

Denov tumanidagi tadbirlar chog‘ida “Ohlar” mahallasida yashovchi pensioner To‘ra Boboyev o‘z tomorqasidagi pomidor ko‘chatlari orasida giyohvand modda o‘simligi parvarishlashni sinovdan o‘tkazayotganiga duch kelindi. Ichki ishlar xodimlari soqoliga oq oralagan boboning pomidor ko‘chatlari orasidan 9 tup nasha o‘simligini topib olib, tegishli tartibda rasmiylashtirdi.

Denov tumanidagi “Dahana” mahallasida yashaydigan, tumandagi kollejlardan birining murabbiyi Elyor Qorayevga tegishli tomorqa ko‘zdan kechirilganda 34 tup nasha o‘simligi parvarishlanayotgani aniqlandi.

Ayni paytda mazkur holatlar bo‘yicha kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan