Suriyada minalar portlashi oqibatida yetti nafar bola halok bo‘ldi

Suriyaning janubi-sharqida joylashgan Dayr-az-Zor viloyatida terrorchilar tomonidan qo‘yilgan minalarning portlashi oqibatida yetti nafar bola halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Dayr-az-Zor viloyatining sharqidagi Dablan qishlog‘ida IShID jangarilari tomonidan qo‘yilgan minalarning portlashi oqibatida yetti nafar bola halok bo‘ldi”, — deyiladi SANA axborot agentligining xabarida.

Terrorchilar Suriya armiyasining hujumlari natijasida aholi punktlarini tark etayotib uylarga portlovchi qurilmalarni qoldirib ketmoqda. So‘nggi bir necha oy ichida bu kabi portlashlar oqibatida o‘nlab tinch aholi qurbon bo‘ldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan