Mixail Saakashvili Putinni mushukka qiyosladi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Rossiya prezidenti Vladimir Putinning respublikaga nisbatan sanksiyalarni joriy etmaslik borasidagi pozitsiyasiga izoh berdi. Bu haqda Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali orqali xabar qilindi.

Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi respublika hukumati bilan “qashshoq Gruziyaning ahamiyati mavzusida master-klass” o‘tgan.

“Putin Gruziyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bilan panjalari orasida sichqonni ushlab turib, uni istagan vaqtda yutib yuborishi mumkin bo‘lgan mushukka o‘xshaydi. Gruziyaning hozirda to‘liq korrupsiyaga botgan hukumati Rossiya iqtisodiyotiga qarab yo‘nalish olish uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani qildi va bugun ushbu harakatlar o‘z natijasini berdi”, — deydi siyosatchi.

Saakashvilining qo‘shimcha qilishicha, 2012-yilda Gruziya va Amerika erkin savdo bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin bo‘lgan. Agarda u amalga oshganida Gruziyadagi hech bir inson o‘z tovarini Rossiyaga olib kirmagan bo‘lar edi. Biroq respublikaning hozirgi hukumati qasddan boshlangan ishni oxiriga yetkazmagan.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan