Dunyoning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan davlatlari haqida bilasizmi?

“Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh o‘tgan yilning eng ko‘p sayyohlarni jalb qilgan mamlakatlari haqida hikoya qiladi.

1. Fransiya

Eyfel minorasi. Foto: Wikipedia

Bu mamlakatga 2018-yilda 93б2 million sayyoh kelgan.

Sayyohlik tizimidan keladigan foyda Fransiya нalpi ichki mahsuloti hajmining 9 foizini tashkil etadi. Bu mamlakatda sayyohlik sohasida bugun 3 million kishi mehnat qilmoqda. Mamlakatdagi obyektlar bo‘yicha eng ko‘p sayyoh Eyfel minorasiga tashrif buyuradi.

2. Ispaniya

Foto: Wikipedia

Bu mamlakatga 2018-yilda 82,8 million sayyoh tashrif buyurgan.

Sayyohlik sohasidan keladigan foyda bu mamlakat YaIM hajmining 14,4 foizini tashkil etadi.

Bu mamlakatda Barselona va Madrid shaharlari sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shaharlar hisoblanadi. Shuningdek, O‘rta Yer dengizidagi orollar va qirg‘oqlaridagi dam olish maskanlari yil davomida sayyohlar bilan govjum bo‘ladi.

3. AQSh

Ozodlik haykali. Foto: Wikipedia

Bu mamlakatga 2018-yilda 82,2 million sayyoh tashrif buyurgan.

Sayyohlarni ko‘proq Las-Vegas, Nyu-York shaharlari, Gavayi orollaridagi dam olish maskanlari jalb etadi.

AQShga borayotgan sayyoh albatta Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalini bir bor ko‘rishga harakat qiladi. Shuningdek, Florida sohillaridagi dam olish maskanlari ham xorijlik sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylar hisoblanadi.

4. Xitoy

Buyuk Xitoy devori. Foto: Wikipedia

Bu mamlakatga 2018-yilda 62,9 million sayyoh tashrif buyurgan.

Bu mamlakatda sayyohlarni eng ko‘p jalb qilgan ob’ekt bu Buyuk Xitoy devoridir.

Shuningdek, Tibet ham sayyohlarni jalb qilishda muhim hudud hisoblanadi.

5. Italiya

Piza minorasi. Foto: Wikipedia

Bu mamlakatga 2018-yilda 62,1 million sayyoh tashrif buyurgan.

Sayyohlik tizimidan olingan foyda mamlakat YaIM hajmining 11 foizini ni tashkil etadi. Sayyohlarni bu mamlakatda ko‘proq Rim, Milan, Venetsiya shaharlari jalb qilgan. Italiyaga tashrif buyurgan har bir sayyoh antik davrdan qolgan Rimdagi Kolizey binosini borib ko‘rishga harakat qiladi.

6. Turkiya

Ayo Sofiya masjidi. Foto: Wikipedia

2018-yilda bu mamlakatga 45,8 million sayyoh tashrif buyurgan.

Sayyohlik tizimidan keladigan foyda bu mamlakat YaIMining 12 foizini tashkil etadi.

Bu mamlakat sayyohlarni o‘zining antik va o‘rta asr islom madaniyatidan saqlanib qolgan noyob osori atiqalari va O‘rta Yer dengizidagi dam olish maskanlari bilan jalb qilgan. Misol o‘rnida, aholisi 2,5 million bo‘lgan Antalya viloyatida dam olish maskanlariga yilning birinchi choragini o‘zida 3 millionga yaqin xorijlik dam oluvchi sayyohlar kelgan.

7. Meksika

Foto: “Izvestiya”

2018-yilda bu mamlakatga 41,4 million sayyoh tashrif buyurgan. Bu mamlakatga tashrif buyuradigan sayyohlarning asosiy qismini amerikalik va kanadalik sayyohlar tashkil etadi. Bu mamlakat sayyohlarni mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladigan karnavallari, shuningdek, Atlantika va Tinch okeani qirg‘oqlaridagi ko‘plab dam olish maskanlari bilan jalb etadi.

8. Germaniya

Berlin devori.
Foto: Wikipedia

2018-yilda bu mamlakatga 38,9 million sayyoh kelgan.

Bu mamlakatda sayyohlarni eng ko‘p jalb etayotgan joy Berlin shahridir. Bu shahardagi mashhur Berlin devorini ko‘rgani har yili millionlab sayyohlar tashrif buyuradi. Ushbu devor Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyani ikkiga bo‘lganlar tomonidan Berlin shahri ham ikkiga bo‘linib, o‘rtasidan tortilgan, shahar G‘arbiy Berlin va Sharqiy Berlinga ajratilgan edi. Ushbu devor 1989-yilda yiqitilib, voqealar Germaniyaning birlashishi bilan tugadi.

9. Tailand

Foto: “Volgatur.ru”

2018-yilda bu mamlakatga 38,3 million sayyoh keldi.

Sayyohlik tizimidan keladigan foyda mamlakat YaIMining 15–20 foizini tashkil etadi. Sayyohlar bu mamlakatga ko‘proq dengiz plyajlarida dam olish hamda Tailandning o‘ziga xos tarixiy binolari va osori atiqalarini tomosha qilish uchun keladi.

10. Buyuk Britaniya

London.
Foto: Wikipedia

2018-yilda bu mamlakatga 35,1 million sayyoh tashrif buyurgan.

Sayyohlik tizimidan keladigan foyda bu mamlakat YaIMining 9 foizini tashkil etadi. Mamlakatda 3 million kishi sayyohlik tizimida ishlaydi.

Bu mamlakatda sayyohlarni ko‘proq jalb qiladigan joy bu London shahridir. Sayyohlar Londondagi ko‘plab tarixiy binolarni, diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun keladi.

Reytingning 11-20 o‘rinlari qo‘yidagicha bo‘lgan:

11. Yaponiya – 31,2 million;

12. Avstriya – 30,8 million;

13. Gretsiya – 30,1 million;

14. Gonkong – 29,3 million;

15. Maylayziya – 25,8 million;

16. Rossiya – 24,6 million;

17. Kanada – 21,2 million;

18. Portugaliya – 21,2 million;

19. Gollandiya – 19 million;

20. Makao – 18,5 million.

Rossiya 2018-yilda sayyohlar tashrifi bo‘yicha 16-o‘rinni egalladi; bu davlatga 2018-yilda 24,6 million sayyoh tashrif buyurgan.

Kreml.
Foto: “KP.ru”

Shuni ta’kidlash lozimki, Rossiya dunyo sayyohlarini ko‘p ham o‘ziga jalb qila olmaydigan mamlakat hisoblanadi. 2018-yildagi reytingda bu davlatning 24,6 million sayyoh bilan 16-o‘rinda turgani sababi, 2018-yilda bu mamlakatda futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi va ushbu musobaqa Rossiyaga keladigan sayyohlar oqimini sezilarli ko‘paytirdi.

Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UWNTO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda dunyo bo‘ylab 1.4 millard kishi sayohat qilgan.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan