Vo, Ajabo! O’zim xon, ko’lankam maydon(mi?)

Yakkabog’ tumani Yakkabog’ qo’rg’onchasida haligacha o’sha almisoqdan qolgan – naqd pul va plastik kartochkadan to’lov qilishda farq borligiga guvoh bo’lib hayratdan lol qoldik.
Demak, Yakkabog’ning «Kattalari» nafaqat qurilishni  tuzatish ishlariga balki savdo-sotiq faoliyatiga ham allaqachon qo’l siltab qo’yishgan ekan, degan xulosaga keldik. Bunday qat’iy qarorga kelishimizga esa, albatta, asosimiz bor.
Yakkabog’ qo’rg’onchasidagi avtoturargoh hududining markazida joylashgan «OZOD LUTFKHON» X/K ga qarashli oziq-ovqat savdo do’konidan mahsulot xarid qilsangiz naqd pulga nisbatan plastik kartochkadan ko’proq pul to’laysiz, ya’ni qimmatiga sotib olasiz. Sotuvchi opa hatto sizga savdo qilmasligini ham ochiq-oydin ayta oladi. Axir iste’molchi huquqi paymol bo’lishi bu to’g’rimi? Istasang shu, yoqmasa ana ko’cha degandik go’yo!
To’g’ri, mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yo’l berildi, ishbilarmon yurtdoshlarimiz har tomonlama hukumat tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. Ularga soliq to’lash yoki boshqa tomonlama yaxshigina imkoniyatlar berilgan.
Lekin, bu  degani kim nimani xohlasa, ko’ngli nimani istasa shuni qiladi, degani emasda!
Iste’molchi huquqi ham yuqori o’rinda turadi. Agar iste’molchi-xaridor bo’lmasa tadbirkor buyum-mahsulotini kimga sotadi?!
Sotuvchi uchun muomala madaniyati eng zarur jihat. Buni har bir tadbirkormi, sotuvchimi bilishi shart!
Savdo sohasi uchun mas’ullar qolaversa, soliq xizmati xodimlari, sanitariya epidemiologiya markazi mutaxassislari yuqorida manzili keltirilgan savdo do’koniga qadam ranjida qilishsa foydadan holi bo’lmasdi! Eng avvalo do’konning sanitariya holatiga o’zlari bi-ir xolisona baho berishardi!
Plastik kartochka va naqd pul o’rtasidagi o’z-o’zicha tafovut yuzaga keltirgan sotuvchi opaga bu yaxshi natijaga olib kelmasligini kimdir ayta olardi!

Sohibjamol Aminova 
teleradio.uz

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan