Panja ortidan qarash oqibati

Yakkabog’ tumani Yakkabog’ qo’rg’onchasi yoki Eski Yakkabog’ tomon yo’li tushgan odam Jarqishloq va Do’ngqishloqlari tutashgan joyda buzilgan holatdagi aniqrog’i joyidan upirilib-surilib ketgan ko’prikni ko’rib vahimaga tushushi bor gap. To’g’ri ko’prikni 1 emas, 2 marta sel olib ketgan. Bu axir tabiiy ofatda, deguvchilar ham topiladi, albatta. Ammo, nahotki o’tgan 3 oy mobayinida ko’prikni sozlab, odamlarga qulaylik yaratish mumkin ediku, deya to’g’ri-xolisona savolni o’rtaga qo’yayotgan fuqarolar ham kamchilik emasda. O’tgan vaqt oralig’ida qancha o’quvchilar maktabga qatnay olmay aro yo’lda qolishdi. Mazkur ko’prik orqali qancha qishloqqa, bir nechta yozgi bolalar dam olish oromgohlariga o’tib-qaytilishini o’ylab qarasak – bu o’ta ovoragarchilikka sabab bo’layotgani yaqqol ko’rinadi.
Tabiiy ofat keltirgan salbiy holatni o’z vaqtida bartaraf etish uchun mutassadi bo’lgan ma’sullar esa «mening uyim chekkada» qabilida ish tutishgani kundek ayon. Inson manfaati eng ustun darajaga qo’yiladigan mamlakatimizda hali hamon o’z zimmasidagi burchni bajarish o’rniga – og’irning ustida , yengilning tagida yuradigan rahbarlar borligi afsusli va achinarli.
Hali yozgi bolalar dam olish oromgohlarida yana kamida 2 ta mavsum oldda turibdi. Qishloqlarda yashovchi mahalliy aholining u yoki bu zarurat, turmush tashvishlari bilan tuman yoki viloyat markaziga borib-qaytishlari shu tarzda ya’ni nurab ketgan – hayot uchun xavfli ko’prik yonidan yurak hovuchlab davom etaveradimi?
Yakkabog’ tumani hokimligi ko’prikni soz holatga keltirish uchun ma’sul bo’lganlar qachon ko’zlarini ochib , yon-atrofga qarashadi?! Axir davlatimiz bu «kattalarga» fuqarolarning tinch-xotirjamligi, salomatligi, har tomonlama xavfsizligini ishonib topshirib qo’ymaganmi?
Bu ishonchni suiste’mol qilish emasmi axir!

Sohibjamol Aminova
teleradio.uz

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan