Rasman: “Tottenhem” 2018-yil yanvaridan beri ilk marta transfer amalga oshirdi

“Lids” klubi vingeri Jek Klark faoliyatini Londonning “Tottenhem” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda “shporlar”ning rasmiy saytida xabar berildi.

“Tottenhem” Klark bilan 2023-yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Lekin klub uni bir mavsum uchun “Lids”ning o‘ziga ijaraga berib yubordi.

18 yoshli futbolchining transferi “Tottenhem” uchun 2018-yil yanvaridan beri amalga oshirilgan ilk xaridi bo‘ldi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan