Osakadagi G20 sammiti tashkilotchilari Kuril orollarini Yaponiya tarkibiy qismi qilib ko‘rsatdi

Oskada bo‘lib o‘tgan G20 rasmiy sammitida Kuril orollarining to‘rttasi Yaponiyaniki deb belgilangani aks etgan video e’lon qilindi. Bu haqda “RBK” xabar berdi. Moskvada esa tinchlik muzokalarida orollarni berish imkoniyati ko‘rib chiqilmasligi bir necha marta ta’kidlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Yaponiyaning Oska shahrida bo‘lib o‘tgan G20 sammiti tashkilotchilari tashkilotning rasmiy veb-saytida Rossiyaga tegishli bo‘lgan Kuril orollarining to‘rttasi Yaponiyaga qarashli ekanligini ko‘rsatuvchi xarita namoyish etilgan.

Ushbu videorolik 2019-yilning 19-fevralida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening YouTube kanalida chop etilgan. Kuril orollarinig Yaponiyaga qarashli ekanligi aks ettirilgan lavha videoning uchinchi soniyasida paydo bo‘ladi.

Avvalroq Sindzo Abe G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganidan so‘ng Tokioning Moskva bilan tinchlik shartnomalarini imzolash yuzasidan davom etayotgan muzokalarni keyinchalik ham rivojlantirish niyatida ekanligini tasdiqlagan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov gap Kuril orollarini Yaponiyaga berish yoki bermaslik haqida ketmayotganini, muzokaradan maqsad esa tinchlik shartnomasini imzolash ekanini aytgan.

Keyinroq Putin Kuril orollarida “Rossiya bayrog‘ini tushurmasligini”, Uzoq Sharqni rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlarni, xususan Janubiy Kuril infrastrukturasini rivojlantirishni amalga oshirish niyatida ekanligini bildirgan.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan