Rasman: “Liverpul” 17 yoshli himoyachini sotib oldi

“Liverpul” yozgi transferlar oynasida dastlabki transferini e’lon qildi.

“Mersisaydliklar” “Zvolle” himoyachisi Sepp van der Bergni o‘z safiga qo‘shib oldi. Klub futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. “Liverpul” xalqaro transferni amalga oshirishga ruxsat olgandan so‘ng shartnoma rasmiy ravishda iyul oyida imzolanadi.

The Times’ning xabar berishicha, “Liverpul” himoyachini 1,5 million funt evaziga sotib olgan.

Van der Bergga “Bavariya” hamda “Ayaks” klublari ham da’vogarlik qilgandi.

17 yoshli himoyachi 2018/19-yilgi mavsum Niderlandiya chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan