Oltin narxi rekord darajada qimmatladi

London metallar birjasida 24 iyunda bo‘lib o‘tgan savdolar yakuniga ko‘ra, oltin narxi 1,4%ga oshib, bir unsiyasi (31,1 gramm) 1439,21 dollarga teng bo‘ldi. So‘nggi bor oltin narxi 2013 yil mayda shu darajada qimmatlagan, bir unsiyasi narxi 1428,3 dollar bo‘lgandi.

Ekspertlarning fikricha, narxning ko‘tarilishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlarning chigallashuvi sabab bo‘lgan.

Geosiyosiy keskinlikdan tashqari, AQSh federal rezerv tizimining va ba’zi davlatlar markaziy banklarining bazaviy foiz stavkalarini tushirish to‘g‘risidagi bayonotlari ham oltin narxi oshishiga sabab bo‘ldi. Investorlar dollarning zaiflashuvini kutib, omonatlarini oltin bilan ta’minlangan bija fondlariga ko‘chirishmoqda.

Davlatlar markaziy banklari ham oltin sotib olishni ko‘paytirdi. Masalan, Rossiyaning oltin-valuta zaxiralari 14 iyun holatiga 504,5 mlrd dollarga yetdi, o‘sish haftasiga 1,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu 2014 yil martidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan