Meksika AQSh bilan chegarada minglab harbiylarni joylashtirdi

Meksika AQSh bilan chegarada o‘zining 15 ming nafar harbiysini joylashtirdi. “Liga Novosti”ning yozishicha, ular noqonuniy muhojirlar oqimini cheklashi va zarur bo‘lsa Markaziy Amerikadan AQShga kirishga uringan muhojirlarni ushlab qolishi kerak.

AQSh prezidenti Donald Tramp iyun oyi boshida Meksika hukumatiga noqonuniy muhojirlarni ushlab olish muammosini hal qilmaguncha yangi sanksiyalarni joriy qilish bilan tahdid qilgan edi. Keyinchalik Tramp noqonuniy muhojirlikka qarshi kurashishda Meksika bilan kelishuvga erishgani sababli bu choradan voz kechishini bildirgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunga javoban Meksika noqonuniy muhojirlar oqimini kamaytirish uchun keskin choralar ko‘rishga va’da bergan.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan