“Kengash Qrim va Sevastopolning Rossiya tomonidan noqonuniy qo‘shib olinishiga javob tariqasida joriy etilgan cheklov choralarini 2020-yilning 23-iyunigacha uzaytirdi. Ushbu choralar YeIdan bo‘lgan shaxslarga va YeIga asoslangan kompaniyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Ular Qrim va Sevastopol hududlari bilan cheklangan”, — deyiladi bayonotda.

Sanksiyalar “Qrim va Sevastopolda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni import qilish” va “Qrim va Sevastopolga investitsiya kiritish” bo‘yicha cheklovlarni o‘z ichiga oladi.

“Bu Yevropa yoki YeIga asoslangan kompaniyalar Qrimdan ko‘chmas mulk sotib ololmasligini va Qrim kompaniyalarini moliyalashtira olmasligini yoki tegishli xizmat ko‘rsatolmasligini bildiradi”, — deb qayd etilgan xabarda.

Bundan tashqari, cheklovlar Qrim yoki Sevastopolga turistik xizmat ko‘rsatishga ham tegishli. “Yevropaning kruiz kemalari favqulodda holatlardan tashqari Qrim yarim oroli portiga kira olmaydi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu sektorlar infrastrukturasi bilan bog‘liq texnik yordam, vositachilik, qurilish yoki muhandislik xizmatlari ham “ko‘rsatilmasligi kerak”.