Facebook moderatori ish joyidagi stress sabab vafot etdi

The Verge nashri Facebook ijtimoiy tarmog‘ining kontent-moderatorlari borasida yangi surishtiruvni boshladi. Jurnalistlar avvalgi safar ish kompaniya xodimlarining ruhiy sog‘ligi va hayoti uchun xavfli ekanligini aniqlagan bo‘lsa, bu safar ayrim moderatorlar ish joyida vafot etganini ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.

Moderator Kit Atli 2018-yilda yurak xurujidan vafot etgan. Korporatsiyaga ishga kirguniga qadar u sohilbo‘yicha qo‘riqlash xizmatining komandiri bo‘lgan. Atlining hamkasblari aytishicha, 2018-yilning 9-martida Atli ish stulidan yiqilib tushgan. Shundan so‘ng atrofdagilar ofisda defibrillayator yo‘qligi sabab uning yuragini massaj qila boshlagan. Atli shifoxonaga yetkazib borilishi bilan olamdan o‘tgan.

Tergovda ma’lum bo‘lishicha, 42 yoshli moderator ish jarayonida kuchli stressdan aziyat chekkan. Kit Atli qotillik va zo‘ravonlik sahnalari mavjud vizual kontent (foto, video, illyustratsiya) moderatsiyasi bilan shug‘ullangan.

Xodimlardan birining aytishicha, moderatorlar qotillik, zo‘ravonlik aks etgan videolarni 15 soniyadan 30 soniyagacha ko‘rishga majbur. U ofisdagi muhitni qo‘rqinchli filmlarga taqqoslagan, chunki xodimlar ayrim vaqtlarda to‘rt daqiqagacha bolakayning organlari kesib olinayotgan videolarni ham ko‘rishga majbur bo‘ladi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan