Rasman: “Real” futbolchisi “Atletiko”ga o‘tdi

“Real” yarim himoyachisi Markos Lyorente Madridning boshqa bir klubi “Atletiko” futbolchisiga aylandi. Bu haqda “matraschilar”ning rasmiy saytida xabar berildi.

Tomonlar futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. “Atletiko” Lyorente bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

U klub yarim himoyachisi Rodrining o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda. “Qirollik klubi” Lyorentening transferidan 40 million yevro ishlab oladi.

Eslatib o‘tamiz, Markos Lyorente 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan