Ekspert: O‘zbekiston Afg‘onistonga MDH bozoriga kirishiga yordam berishi mumkin

O‘zbekiston Afg‘onistonga o‘z tovarlarini MDH bozoriga olib kirish uchun imkon yaratishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik izlanishlar instituti direktori o‘rinbosari Sanjar Valiyevga asoslanib, Sputnik xabar berdi.

“O‘zbekiston Afg‘oniston bilan hamkorlik qilishning yangi siyosatini e’lon qildi. Bu bilan u Afg‘oniston uchun o‘z tovarlarini MDH bozoriga olib kirish uchun betakror imkoniyat yaratdi”, — dedi Valiyev.

Mutaxassining bunday xulosaga kelishiga O‘zbekistonning jug‘rofiy joylashishi ham sabab bo‘lgan. Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlar orasida faqat O‘zbekiston hududdagi barcha mamlkatlar bilan chegaradosh. Shundan kelib chiqan holda, ekspert O‘zbekiston ularni bog‘lovchi markaz bo‘lishi mumkin deb xulosa qilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi 2 yil ichida O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida munosabatlar ildam rivojlandi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekistonga tashrif buyurdi, Toshkent va Samarqandda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan xalqaro forumlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida temir yo‘l qurish, elktr energiyasi eksport qilish kabi yirik shartnomalar ham imzolandi. Ayni damda Termiz shahrida afg‘onistonlik yoshlar uchun maxsus o‘quv markazi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan