Tehronda islom qoidalariga amal qilinmagan 547 ta restoran yopildi

Eron politsiyasi noqonuniy musiqa qo‘yilganidan tortib mushtlashuvgacha bo‘lgan holatlar qayd etilgan restoran va kafelarni yopdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Poytaxt politsiyasi rahbari Husayn Rahimiy Tehronda islom qoidalariga amal qilinmagan 547 ta restoran yopilganini ma’lum qilgan.

Qoidabuzar restoran va kafe egalari qarshilik ko‘rsatgan va 10 kun davom etgan amaliyot mobaynida 11 kishi hibsga olingan.

Tehron shahar sudi rahbari fuqarolardan jamoat joylarida “axloqsiz harakatlar” kuzatilsa, bu haqda tegishli idoralarga xabar berishni so‘ragan. Politsiya bayonotida ham fuqarolar islomga to‘g‘ri kelmaydigan turli raqslar asosida o‘tkaziladigan bazm kechalari yoki ijtimoiy tarmoqlarda axloqsiz materiallar qo‘yish kabi hatti-harakatlar to‘g‘risida xabar berish mumkinligi bildirilgan.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan