Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) professional boksdagi o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

9-iyun kuni Rossiya mezbonligida o‘tgan jang oqshomida Shohjahon Ergashev professional boksdagi 17-jangida rossiyalik Maksim Churbanovga (13 ta jang, 8 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) qarshi jang qildi. Shohjahon raqibini uchinchi raunddayoq nokautga uchratib, jangni muddatidan avval o‘z foydasiga hal etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik yana bir bokschi Isroil Madrimov professional boksdagi uchinchi jangida nokaut evaziga g‘alaba qozongani haqida xabar berilgandi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan