Samarqandda “Titanik” deb nomlanadigan ko‘p qavatli uydagi kvartira portladi (foto)

Joriy yil 9-iyunga o‘tar kechasi taxminan soat 00.45 larda Samarqand shahrining Sartepa maskanidagi 9 qavatli uyning 1-chi qavatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Ushbu ko‘p qavatli uy 24-sonli o‘rta maktab yaqinida joylashgan bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan «Titanik» deb ataladi.

Foto: Zarnews

Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda xonadonda hech kim bo‘lmagan. Hozirgi vaqtda uy egasi oilasi bilan chet elda. Vaqti-vaqti bilan opasi kelib uydan xabar olib turgan.

Foto: Zarnews

Yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan yong‘in tezda bartaraf etilgan. Ayni paytda uning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Foto: Zarnews

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan