O‘zbekistonlik harbiylar Krasnoyarsk o‘lkasi tog‘larida jangovar vazifalarni bajaradi

O‘zbekistonlik harbiylar iyun oyida Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida joylashgan “Yergaki” tog‘ tayyorgarligi markazida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlariga uyushtirilgan press-tur davomida ma’lum qilindi, deb xabar berdi Sputnik.

“O‘zbekistonlik harbiylar turli tog‘ to‘siqlarini bosib o‘tishni mashq qiladi. Xususan, qoyalarga chiqish, daryolar, xarsang toshlar, qor va muzli yo‘llarni kesib o‘tish, tog‘ cho‘qillari hamda dovolarga chiqish kabi mashg‘ulotlarda qatnashadi”, — deyiladi xabarda.

“Yergaki” tog‘ tayyorgaligi markazi xuddi shu nomdagi bog‘da, 1320 metr balandlikda joylashgan. Markazda harbiy xizmatchilar turli tog‘ sharoitlarida jangovar harakatlarni amalga oshirish, tog‘ to‘siqlarini kesib o‘tish, shuningdek, og‘ir sharoitlarda yashovchanlikni saqlab qolish kabi mashqlar bilan shug‘ullanadi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan