Nur-Sulton va Olmaotada saylovlarga qarshi mitinglarda ishtirok etgan 500 ga yaqin kishi qo‘lga olindi

Nur-Sulton va Olmaotada 9-iyun, yakshanba kuni ruxsat berilmagan mitinglarda ishtirok etganlik uchun qo‘lga olinganlar soni 500 kishi atrofida bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Marat Kojayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Uning aytishicha, ikki shahar ko‘chalarida “vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlar” bo‘lgan. Politsiyachilarning harakatlariga izoh berar ekan, “barcha tadbirlar qonun talablari asosida amalga oshirilgani”ni ta’kidlagan.

Foto: EPA

Nur-Sulton va Olmaotadagi aksiyalar ishtirokchilari prezidentlik saylovlarini boykot qilishga chaqirgan.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan