Kim Chen In aybdor generalni piranyalarga “yem qilishda” gumon qilindi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In go‘yoki ayb ish qilgan generalni piranyalar bo‘lgan akvariumga tashlash bilan qatl etganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Daily Star nashri o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, general davlat to‘ntaruvini tashkillashtirishda gumon qilingan.

Ta’kidlanishicha, yirtqich baliqlar saqlanadigan akvarium Kim Chen Inning bosh qarorgohida turadi.

Manbaning xabar qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi shu yo‘l bilan o‘z raqiblarini qo‘rqitmoqchi va hech kim jazodan qutulib qololmasligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgan.

“Kim odamlarni qo‘rqitishga o‘rganib qolgan. Ko‘plab davlat dushmanlari ommaviy ravishda qatl etilgan. U barcha, hattoki unga yaqin odamlar biror shubhali ishda gumon qilinsa, azob-uqubatli o‘limdan kafolatlanmaganini bilishini istaydi. U o‘z oilasi a’zolarini qatl etgan va yuqori lavozimli mansabdor shaxslarni shunchaki uning chiqishi vaqtida kam chappak chalganlari uchun o‘ldirgan”, deb aytgan manba jurnalistlar bilan suhbatda.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan