Dubay amirining uchta o‘g‘li bir vaqtda uylandi. O‘zbekiston Prezidentining o‘g‘li va kuyovlari mazkur to‘yda ishtirok etdi

Dubay amiri shayx Muhammad bin Roshid Al Maktumning uchta o‘g‘li bir vaqtda uylandi, deb xabar beradi “1news.az”.

Mazkur ma’lumotni Birlashgan Arab Birliklari OAV davlat boshqarmasi ham tasdiqlagan.

Dubayning voris shahzodasi 36 yoshli shayx Hamdan bin Muhammad Al Maktum Said bint Tani Al Maktumni nikohiga olgan.

Foto: “1news.az”

Dubay rahbarining o‘rinbosari 35 yoshli shayx Maktum ibn Muhammad Al Maktum esa Mariam bint Buti Al Maktumga, Muhammad ibn Rashid Al Maktum nomidagi fond raisi 32 yoshli shayx Axmad bin Muhammad Al Maktum esa Midye bint Dalmuj Al Maktumga uylandi.

Avvalroq, to‘y marosimida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Prezidentining o‘g‘li Miralisher va kuyovlari Oybek Tursunov, Otabek Umarov hamda nevarasi Miromon Dubayga tashrif buyurib, shayx Muhammad bin Roshid Al Maktumni tabriklashganni haqida xabar berilgan edi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan