Og‘ir atletika. Adhamjon Ergashev Jahon chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Fiji mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan (1—8-iyun kunlari) og‘ir atletika bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Adhamjon Ergashev oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

-67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Ergashev dast ko‘tarish mashqida 141 kg, siltab ko‘tarish mashqida esa 173 kg, jami 314 kg natija qayd etdi. E’tiborlisi, uning bu ko‘rsatkichini hech qaysi raqibi takrorlay olmadi. Kumush medal turkiyalik Muhammad Furqon O‘zbekga nasib etgan bo‘lsa, rossiyalik Zulfat Garayev bronza medali bilan taqdirlandi.

  1. Adhamjon Ergashev – 314 kg (141 kg + 173 kg)
  2. Muhammad Furqon O‘zbek (Turkiya) – 307 kg (135 kg + 172 kg)
  3. Zulfat Garayev (Rossiya) – 300 kg (137 kg + 163 kg)

Ta’kidlash joiz, bu g‘alaba bilan Adhamjon Tokio Olimpiadasi uchun ham qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Sportchining ushbu natijasi bilan O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi muborakbod etdi:

“O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Sizni ajoyib g‘alaba – og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempioni sharafli unvonini muvaffaqiyatli himoya qila olganingiz bilan samimiy va qizg‘in qutlaydi. Ketma-ket ikkinchi bor Jahon birinchiligida o‘z vazningiz bo‘yicha dunyoda tengi yo‘q eng kuchli polvon ekanligingizni yorqin va ishonarli namoyish etdingiz.

Fursatdan foydalanib, Siz kabi polvon yigitlarni tarbiyalayotgan ota-onangizga, ustozlaringizga va, albatta, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga minnatdorchilik izhor etamiz”, — deyiladi xabarda.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan