“Real”ning Eden Azar uchun qancha mablag‘ to‘lashi ma’lum bo‘ldi

“Real” “Chelsi” bilan Eden Azar transferi yuzasidan kelishuvga erishdi.

The Times’ning xabar berishicha, Madrid klubi 28 yoshli belgiyalik uchun 110 million yevro (88,5 million funt) to‘laydigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, “Chelsi” bonus sifatida qo‘shimcha 15 million yevro (13,3 million funt)ga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Azarning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yoziga qadar amal qiladi. U 7 yil mobaynida “aristokratlar” sharafini himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, Azar 2018/19-yilgi mavsum Angliya Premyer ligasida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, 16 ta gol urdi hamda 15 ta golga assistentlik qildi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan