Rasman: Antonio Konte “Inter”ga bosh murabbiy bo‘ldi

Milanning “Inter” klubi Luchano Spaletti o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinladi.

Unga ko‘ra, endilikda “Inter”ni Antonio Konte boshqaradi. Bu haqda klubning Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.

Hozircha bitim tafsilotlari oshkor etilganicha yo‘q. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Antonio “Inter” bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan. Uning klubdagi yillik maoshi esa 12 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kontening so‘nggi ish joyi Londonning “Chelsi” klubi bo‘lgandi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan