Xitoyda 14 ta barmoqli qizcha operatsiya qilindi

Xitoyda 14 ta barmoq bilan tug‘ilgan qizcha operatsiya qilindi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Uch yoshli qizcha nochor oilada tug‘ilgan edi. Oilaning beshta avlodida shunday nuqson kuzatilgan, biroq oilada operatsiya o‘tkazish uchun yetarli pul bo‘lmagan. Nashr qizcha pul evaziga yoki bepul operatsiya qilinganiga oydinlik kiritmagan.

Qizcha Lyaonin provinsiyasidagi shifoxonada operatsiya qilingan.

Foto: Daily Mail

Shifokorlar qizcha operatsiyadan keyin barmoqlarini qimirlata olishiga kafolat bergan.

“Qizchaning har bir qo‘lida ikkitadan ortiqcha barmoq bor edi. Bunday holat juda kam uchraydi. Bizning ishimizni qaysi barmoqni olib tashlab, qaysi barmoqni qoldirish masalasi qiyinlashtirdi”, — deydi jarroh.

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, hozirda qizchaning ahvoli yaxshi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan