Parijda 45 mln yevro turadigan brilliant o‘g‘irlandi

Gvineyaning sobiq prezidentlikka nomzodi Mari-Madlen Diubate Parij shahrida ikki nafar shaxs tomonidan o‘marib ketildi. Ayolning 45 million yevro turadigan brillianti yo‘qolib qolgan, deb xabar beradi “Korrespondent”.

Parisien nashrining ta’kidlashicha, ikki nafar noma’lum shaxs siyosatchi joylashgan Warwick mehmonxonasiga kelgan. Ular o‘zini qimmatbaho toshlarni baholash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar deya tanishtirgan.

Brilliantning qiymatini bilish maqsadida ayol ularni chaqirgan, biroq erkaklar qimmatbaho toshni almashtirish qo‘yishga ulgurgan. Diubate soxta toshni oradan ikki kun o‘tibgina payqab qolgan.

Fransuz politsiyasi mazkur o‘g‘irlik yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborgan. O‘g‘rilarning shaxsi va fuqaroligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan