FIFA JCh—2022 da jamoalar soni 32 ta bo‘lishini ma’lum qildi

FiFA Qatar mezbonlik qiladigan Jahon Chempionati—2022 musobaqasida ishtirokchilar sonini 48 taga oshirish hamda bir qancha uchrashuvlarni qo‘shni mamlakatlarda o‘tkazish g‘oyasini ma’qullamadi. Bu haqda The Times xabar berdi.

Tashkilot rahbari Janni Infantino ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi, ammo amalda bu tashabbusni qo‘llash juda qiyin.

Manbaga ko‘ra, 5-iyun kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan FIFA kongressida Infantino 2022-yilgi Jahon Chempionatida 48 ta emas, balki 32 ta jamoa ishtirok etishi haqida rasman e’lon qiladi.

2026-yili AQSh, Kanada, Meksika davlatlarida o‘tkaziladigan mundialda 48 ta jamoa ishtirok etishi mo‘ljallanmoqda.

“2022-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida jamoalar sonini 48 taga oshirish ehtimoli pasaydi. Bu siyosiy hamda mantiqiy jihatdan juda murakkab va qiyin vazifa hisoblanadi”, — deyiladi FIFA manbasida.

Tashkilot musobaqaning bir nechta o‘yinlarini Saudiya Arabistoni, BAA va Bahraynda o‘tkazishni rejalashtirayotgan edi, ammo bu mamlakatlar Qatar bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatgan.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan