“Chelsi” Antonio Kontega 9 mln funt to‘laydigan bo‘ldi

“Chelsi” sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte o‘tgan yilgi iste’fosi bo‘yicha sudda yutib chiqdi. Bu haqda The Times xabar berdi.

London klubi italiyalik mutaxassisga 9 million funt miqdorida tovon puli to‘laydigan bo‘ldi.

Har ikkala tomon ham sud qarorini qabul qildi, u uch kishilik guruh tomonidan qabul qilindi. “Aristokratlar” ushbu qarordan norozi emas.

Shunday qilib 2003-yildan buyon, klub Roman Abramovich tomonidan sotib olinganidan so‘ng “Chelsi” iste’foga chiqarilgan murabbiylar uchun qariyb 90 million funt sarfladi.

Konte londonliklarga 2016-yildan 2018-yilga qadar murabbiylik qildi va shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganda ishdan bo‘shatildi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan