Yurtimiz delegatsiyasi Dushanbe shahriga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 17-18 may kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyuradi.
Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya u yerda “Terrorizm va uni moliyalashtirishga, xususan, narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiyada va “Markaziy Osiyo – Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 7-majlisida ishtirok etadi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Dushanbe shahrida mazkur tadbirlarda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

 

O‘zA

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan