Xitoyda Wikipedia to‘liq bloklandi

Xitoyda Wikipedia to‘liq bloklandi. Bunga qadar internet-ensiklopediyaning faqatgina xitoy tilidagi versiyasi ishlamagan bo‘lsa, endilikda uni boshqa barcha tillarda ham o‘qishning imkoni yo‘q, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Xitoyda boshqa ko‘plab internet-resurslar, jumladan, Facebook, Instagram, WhatsApp va Google ham bloklangan.

2018-yilning boshida “VKontakte”dan cheklov olib tashlangan edi va kompaniya mahalliy qonunchilikka to‘g‘ri kelmaydigan materiallarni mamlakat aholisi uchun bloklab qo‘yishga tayyorligini bildirgan.

2017-yilda Wikipedia Turkiyada ham taqiqlangan bo‘lib, hukumatning fikricha, resurs mamlakat obro‘sini xalqaro maydonda qoralash bo‘yicha axborot kampaniyaning bir qismiga aylanib qolgan.

Joriy yilda Wikipedia qisman Venesuelada ham bloklangan edi.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan