Xitoy lunoxodi Oyning orqa tomonida ajoyib kashfiyot qildi

Xitoyning “Yuytu-2” lunoxodi Oyning orqa tomonida Oy mantiyasining ikki xil jinslarini topdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”. Olimlar shu paytgacha uning borligiga shubha qilib kelgan edi. Uning o‘rganilishi Yer va uning yo‘ldoshining shakllanishi tarixini ochib beradi.

“Ajablanarlisi shuki, ‘Appolon’lar ham, sovet zondlari ham Yerga Oy mantiyasidan biror namuna keltirmagan. ‘Yuytu-2’ esa NASA zondi o‘lchovlari ko‘rsatganidek, Janubiy qutb-Eytken havzasi tubidagi kraterga qo‘nib, uning tarkibi haqida birinchilardan bo‘lib ma’lumot oldi”, — deya kashfiyotga izoh bergan Tuluza universiteti paleontologi Patrik Pine.

Xitoyning “Chan’e” Oyni zondlash dasturi o‘z ichiga uchta bosqichni oladi: Oy atrofini aylanib chiqish, Oyga qo‘nish va uning sathidan Yerga namunalar olib kelish. Dastlabki ikki bosqich xitoylik muhandislar va raketachilari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Xitoy 2019-yilda ushbu dasturning navbatdagi bosqichi — tarixda ilk bor Oyning orqa tarafiga qo‘nishni amalga oshirishni boshladi. Buning uchun 2018-yilning may oyida noyob “Chan’e-4” qo‘nish moslamasi Oyga qo‘ndirildi. “Yuytu-2” lunoxodi to‘rt oy davomida Yer yo‘ldoshida ish olib borib, hozir ham buni davom ettirmoqda.

Hozirda “Chan’e-4” tadqiqot guruhi ommaga “Yuytu-2” to‘plagan dastlabki ilmiy ma’lumotlar taqdim etdi. Missiya rahbari Chunlay Li va uning hamkasblarining ta’kidlashicha, Oy yuzasi qanday jinslardan tarkib topgani va uning turli qismlarida qanchalik farq qilishi olimlarni allaqachon qiziqtirib qo‘ygan.

Gap shundaki, olimlar hozirda Yer va Oyning ichki tuzilishi har xil ssenariyga ko‘ra turlicha shakllangan, degan fikrda. Yerdan farqli ravishda Oyda tektonik jarayonlar bo‘lmagan. Yer qa’ri u paydo bo‘lganidan so‘ng bir necha o‘n millionlab yil o‘tganidan keyin nisbatan tez sovugan.

Xitoyliklar o‘tkazayotgan tadqiqotlar bu borada qiziqtirayotgan barcha savollarga javob topishga qaratilgan.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan