Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosi o‘ldirilib, ularning jasadi mashina ichiga tashlab ketildi

Samarqand viloyati Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on mahallasida yashovchi oilaning 5 nafar a’zosi — er-xotin, ikki o‘g‘il va bir qizni vahshiylarcha o‘ldirib, Qo‘shrabot tumani Boqi qishlog‘ida Damas avtomashinasi ichiga tashlab ketishgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

15-may kuni mashina ichidagi jasadlarni ko‘rib qolgan fuqarolar bu haqda zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Marhumlarning boshiga og‘ir metal bilan urib o‘ldirib, odamlar serqatnov bo‘lmaydigan joyga tashlab ketishgan.

Viloyat IIB mazkur jinoyat haqiqatda sodir etilganligini tasdiqladi.

Ushbu oilani taniydigan “Daryo” manbalari marhum er-xotinning yana bir farzandi borligini ma’lum qildi.

Jinoyat kim tomonidan va qachon sodir etilganligi noma’lum. Hozirda jinoyatchini topish uchun qidiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash maqolalar

FIKR BILDIRISH

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan